Rustamov Azizbek

Quruvchi, Loyihalovchi, Dizayner


Men Rustamov Azizbek Otabek o'g'li 1995 yilning 28-mart sanasida tug'ilganman. Millatim o'zbek. Oilaliman, 2 nafar farzandim bor. Oilada 7 kishimiz. Buvim Masharipova O'g'iljon 1944 yilning 1-sentabr sanasida tug'ilgan. Otam Matyaqubov Otabek Rustamovich 1972 yilning 11-dekabr sanasida tug'ilgan. Hozirda Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan "Alfa Mobil Gaz" MCHJ da katta usta lavozimida ishlab kelmoqda. Onam Otaniyazova Nasiba Olimovna 1974 yilning 7-dekabr sanasida tug'ilgan. Hozirda Xorazm viloyati Shovot tumanida joylashgan 32-maktabda Tasviriy san'at va chizmachilik fanidan dars berib kelmoqda. Ayolim Rahimova Charos Rustamovna 1995 yilning 29-avgust sanasida tug'ilgan. Hozirgi kunda uy bekasi. Qizim Otabekova Faxriya Azizbekovna 2019 yilning 15-fevral sanasida tug'ilgan. O'g'lim Otabekov Usmon Azizbekovich 2020 yilning 7-mart sanasida tug'ilgan.

Men Rustamov Azizbek Otabek o'g'li Oliy ma'lumotliman. 2001-2010 yillarda Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 32-son umumiy o'rta ta';im maktabini tugatdim.

2010-2013 yillarda Xorazm viloyati Urganch shahar Neft va gazni qayta ishlash kasb-hunar kollejida neft va gazni qayta ishlash yo'nalishini tugatdim.

2015-2020 yillarda Xorazm viloyati Urganch Davlat Universiteti, Texnika fakulteti, Qurilish va arxitektura kafedrasi, Qishloq hududlarini arxitektura loyihaviy tashkil etish yo'nalishini tugatdim.